• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng mahoratli alpinist

02 Iyul 2024, 8:33 50

“Olmaliqmetallurgqurilish" trestida "Ustoz-shogird" an'analarini yanada rivojlantirish maqsadida “Yoshlar oyligi” doirasida kombinatning 75 yilligi munosabati bilan Eng mahoratli alpinist" kasb-mahorati tanlovi o‘tkazildi.

Trest kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi hamda Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limi hamkorlikda tashkil etilgan tanlovda 5 nafar saralangan eng faol yosh alpinistlar ishtirok etishdi.

Tanlov davomida yosh alpinistlar o‘zlarining yuqori malaka va mahoratlarini namoyish etdilar. Har bir ishtirokchi o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini amalda ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tanlovda ishtirokchilar kasblari doirasida nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, a'lo natijalarin qayd etgan holda Nuriddin Odilov “Eng mahoratli alpinist” deya e'tirof etildi.

Sherali Jo‘rayev esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Farhod Musurmonovga faxrli uchinchi o‘rin nasib etdi.

Tanlov yosh alpinistlarga o‘z kasbiy ko‘nikmalarini namoyish etish, tajriba almashish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini berdi.

Tanlov g‘olibiga poytaxtimizdagi G‘afur G‘ulom muzeyiga oila a'zolari bilan borishi uchun yo‘llanma tuhfa etildi.

2-o‘rin sohibi esa "Moviy tog‘lar" dam olish maskani yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

3-o‘rin egasi oilasi bilan "Avtomobilchi" dam olish maskanida dam olish imkoniyatiga sazovor bo‘ldi.

Ma'lumot uchun: Alpinizm dunyodagi eng xavfli kasblardan biri sanaladi. Trest tarkibida ham sanoat alpinizmi uchastkasi faoliyat yuritib keladi. Ushbu uchastka al'pinistlari ham asosan yuqori inshoot va binolarda ish olib borishadi.

Jonibek Alijonov,

Trest yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech