"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 3330-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti Yoshlar ittifoqi yillik rejasiga asosan, korxonadagi yosh mutaxassis kadrlarni aniqlash, "Ustoz-shogird" an'analarini yanada rivojlantirish maqsadida turli kasb mahorati tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda.
Trest kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqi hamda Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limi hamkorligida "Eng mahoratli alpinist" kasb-mahorati tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, istiqbolli kadrlarni aniqlash maqsadida o‘quv-amaliy test imtihoni suhbat tarzida o‘tkazildi. Imtihon davomida ishtirokchilarning nazariy va amaliy bilimlarini namoyish etdilar, shuningdek, ularning professional darajasi ham baholandi.
Bu tadbir yoshlarga o‘z kasbiy ko‘nikmalarini namoyish etish, tajriba almashish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini berdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Jasur Raximberdiyev egallab, "Eng mahoratli alpinist", deya e'tirof etildi. 2-o‘rin Qobil Karimovga nasib etdi. 3-o‘ringa Jasur Jumanov loyiq ko‘rildi.
G‘oliblar diplom va badiiy kitoblar bilan taqdirlanishdi.
Ma'lumot uchun: Trestda faoliyat yuritayotgan "Sanoat alpinisti" uchastkasida bigingi kunda jami 68 nafar alpinistlar mehnat qilib, ulardan 35 nafari yoshlarni tashkil etib kelmoqda.
Jonibek Alijonov,
Trest yoshlar ittifoqi raisi