Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi tashabbusi bilan kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi, Bosh mexanik xizmati, Xodimlar bilan ishlash xizmati hamda O‘quv markazi hamkorligida "Eng yaxshi mexanik-2023" kasb-mahorat tanlovi start oldi.
Unda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan 45 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
“Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlarda sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning kasbiy bilim va mahoratlarini oshirish, mexanika sohasidagi malakali yosh mutaxassislarni aniqlash, yoshlarning mexanika sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, yosh rahbar kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi.
Joriy yilning 10-mart kuni bo‘lib o‘tgan tanlovning 1-bosqichda ishtirokchilarning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun mexanika va faoliyati davomida zarur bo‘ladigan nizom va qoidalar, sohasiga oid 20ta test savollari berildi. Ishtirokchilardan 20 daqiqa ichida savollarga javob berishi talab etildi.
1-bosqich yakunlariga ko‘ra, 13 nafar ishtirokchi 2-bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Tanlovning 2-bosqichi amaliy bosqich bo‘lib, ushbu bosqichda ishtirokchilarga mexanika sohasiga oid savol va topshiriqlar beriladi.
3- bosqichda esa ishtirokchilarning “AutoCAD” yoki “Kompas” dasturida chizma chizish qobiliyatlari sinovdan o‘tkaziladi.
Axborot xizmati