"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Butunjahon mеhnаtni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Olmaliqmetalurgqurilish” trestida Yoshlar ittifoqi ish rejasi ijrosi yuzasidan "Istiqbolli yosh kadrlar zahirasi" hamda "Trest Ustoz shogird" loyihasi doirasida malakali muhandis va Po'lat va temir beton kontruksiyalar montajchilari o'rtasida "Eng yaxshi montajchi" kasb mahorat tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda tarkibiy uchastkalardan 12 nafar montajchilar jamoa bo'lib ishtirok etishdi.
Tanlov ikki bosqishda tashkil etildi.
1-shartda ishtirokchilar Mehnatni muhofaza qilish tamoyillariga asosan qisqa vaqt mobaynida sifatli va kamchiliksiz metall konstruksiyalarni yig'ish va montaj ishlarini bajarish yuzasidan amaliy vazifa va topshiriqlarni bajarishdi.
Ishtirokchi jamoalar belgilangan vazifalarni sifatli ravishda qisqa 3-5 daqiqalarda bir jamoa bo'lib amalga oshirdilar.
2-shartda Ishtirokchilarning bilim ko'nikmalarini baholash maqsadida test sinovlari oʻtkazildi.
Tanlov so'nggida faxrli 1-o'rinni 6-sonli ixtisoslashtirilgan montaj ishlari uchastkasi jamoasi qo'lga kiritishdi.
2-o'rin 5-sonli ixtisoslashtirilgan montaj ishlari uchastkasi jamoasi loyiq deb topildi.
G'oliblarga trest rahbariyati tomonidan "Moviy tog'lar" dam olish maskani va shahar "O'lkashunoslik muzeyiga" bepul kirish uchun yoʻllanmalar topshirildi.
Jonibek Alijonov,
Trest yoshlar ittifoqi raisi