• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi temir yoʻl sozlovchisi”

26 Iyun 2024, 10:46 169

Sanoat temiryoʻl transporti boshqarmasi 4-temiryoʻl sexining temir yoʻl sozloʻvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi temir yoʻl sozlovchisi” kasb mahorati tanlovi oʻtkazildi.

Temiryoʻl sozlovchilarining malakasini oshirish, poyezdlar harakati xavfsizligini taminlash, yoʻnaltirishni takomillashtirish, mehnat samaradorligini oshirish, yoshlarning malakasini oshirish, mehnati unumdorligi va xavfsiz ishlashni taʻminlash maqsadida oʻtkazilgan tanlovda 10 nafar 30 yoshgacha boʻlgan yosh temir yoʻl sozlovchilari ishtirok etishdi.

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati oʻtkazilgan tanlov tanlov ikki bosqichda tashkil etildi.

Nazariy shartda ishtirokchilarning kasbga oid nazariy bilimlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, sanoat xavfsizligi, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, yongʻin xavfsizligi boʻyicha bilim va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalari sinivdan oʻtkazildi.

Amaliy shartda esa ishtirokchilar mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi hamda ishchi yoʻriqnomalariga amal qilgan holda oz vazifalarini bajarib berishdi.

Ishtirokchilarning temir yoʻl izlarini nosozliklarini aniqlab tamirlashi, strelkali oʻtkazgichning 9 ta nosozligini tamirlashi, temir yoʻl oʻlchov asboblaridan toʻgʻri foydalanishi, ish joyida MM va XTga amal qilinishi, ishining sifat darajasi boʻyicga baholandilar.

Tanlov yakunlariga koʻra, "Eng yaxshi temir yoʻI sozlovchisi" deya Muslimbek Sulaymonov topildi.

2-oʻrinni esa Ikromiddin Qayumov egalladi.

3-oʻrin Asilbek Akbaraliyevga nasib etdi.

Tanlov gʻoliblari diplomlar va qimmatbaho sovgʻalar tuhfa etildi.

Otabek Minasipov,

STTB kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech