"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 30-aprel kuni kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh boyituvchi - 2024” kasb mahorat tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, kombinat yoshlarini Vatanga sadoqat, OKMKda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash, ularning yetakchilik va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, kombinatning istiqbolli mutaxassislar zahirasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlov 2 bosqichda tashkil etildi.
1-bosqichda ishtirokchilarning o‘z kasblari bo‘yicha nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 7 nafar ishtirokchi esa 2-bosqichda bellashishdi.
2-amaliy bosqichda ishtirokchilar boyitish sohasiga oid savol va topshiriqlarni bajarishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni 2-Mis boyitish fabrikasi tegirmon mashinisti Lazizbek Ibodulloyev egalladi.
2-o‘rin Mis boyitish fabrikasi muhandis texnologi Davron Eraliyevga nasib etdi.
“Eng yaxshi yosh boyituvchi” dey Mis boyitish fabrikasi Yanchish va flotatsiya bʻolimi katta ustasi Ahmadjon Yunusov e'tirof etildi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Oʻktam Bekmatov,
2-MBF Yoshlar ittifoqi raisi v.b