• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi yosh ekskavator mashinisti”

22 May 2024, 10:40 349

Kombinatimizda ko’plab kasb egalari faoliyat yuritib keladi. Ularning malakasini va kasbiga bo’lgan qiziqishini oshirish orqali ishlab chiqarish jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Kasb egalarini munosib rag’batlantirish va O’zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini munosib qarshi olish maqsadida Qalmoqqir kon boshqarmasida “Eng yaxshi yosh ekskavator mashinisti” kasb mahorati tanlovi o’tkazildi.

Unda Qalmoqqir KB tarkibiy bo’linmalarida faoliyat yuritayotgan kasb egalari nazariy va amaliy shartlarda bellashishdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, 3-o’rinni Barakali karyeri xodimi Jahongir Akmalov egalladi.

2-o’rinni Ustki qatlamni ochish karyeri xodimi Aziz Uzoqovga qo’lga kiritdi.

Sariq Cho’qqi karyeri xodimi Farrux Melisov “Eng yaxshi yosh ekskavator mashinisti” deb topildi.

G’olib va sovrindorlar Qalmoqqir KB Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Xurshid Abdullayev,

Qalmoqqir KB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech