• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Eng yaxshi yosh elektrogazpayvandlovchi - 2023"

25 Iyul 2023, 13:3 1093

"Olmaliq KMK" AJda har bir kasb egalari ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishida va belgilangan ish rejalarini mukammal amalga oshirishda o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelmoqdalar. 

"Qalmoqqir" kon boshqarmasida kombinatimizning eng talab kuchli bo'lgan sohalaridan biri elektrogazpayvandlovchi kasbi egalari malakasini oshirish va ularni munosib rag'batlantirish ham e'tibor qaratilishi muhim bo'lgan yo'nalishlardan biridir.

Ana shu maqsadlarni qamrab olgan holda "Qalmoqqir" KBda "Eng yaxshi yosh elektrogazpayvandlovchi - 2023" kasb mahorati tanlovi o'tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar avval o'z nazariy bilimlarini va saralangan 5 nafar ishtirokchilar belgilangan amaliy ko'nikmalarni sinovdan o'tkazishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, 3-o'rin MTIB xodimi Abror Jarloxolovga nasib etdi.

2-o'rinni Barakali karyeri xodimi Ollonazar Odilov egalladi.

Mexanizatsiya va transport bo'linmasi xodimi Azim Haydarov g’oliblikni qo`lga kiritib, "Eng yaxshi yosh elektrogazpayvandlovchi" deya e’tirof etildi.

Tanlov g’oliblari "Qalmoqqir" KB Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Xurshid Abdullayev,

"Qalmoqqir" KB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech