• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi yosh kimyogar”

02 May 2024, 13:2 921

Kuni kecha “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, kombinat yoshlarini Vatanga sadoqat, amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash, ularning yetakchilik va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, kombinatning istiqbolli mutaxassislar zahirasini shakllantirish maqsadida, “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha boʻlgan kimyo sohasida faoliyat olib boruvchi oliy ma’lumotli mutaxassislar oʻrtasida “Eng yaxshi yosh kimyogar” tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar sohaga oid 20 ta test savollariga javob yoʻllashdi. Shundan soʻng, barcha qatnashchilar 2-bosqich uchun tayyorlangan kimyo boʻyicha muammoli masalalarni belgilangan vaqt ichida bajarishdi.

Soʻnggi bosqichda belgilangan nizomga koʻra laboratoriya jarayonlari uchun vazifalar berildi.

Tanlovning yakuniy natijalarga koʻra, Markaziy tahlil laboratoriyasi xodimasi Nargiza Omonova 3-oʻrinni egalladi. Mis boyitish fabrikasi vakili Davron Eraliyev 2-oʻringa munosib koʻrildi. Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi xodimasi Iroda Akmalova mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib, «Eng yaxshi yosh kimyogar», deya eʻtirof etildi.

Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.

N.Abduraximov,

Mis eritish zavodi rahbarining Yoshlar masalalari boʻyicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech