Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, OKMK yoshlarini vatanga sadoqat, mamlakatimizda , xususan kombinatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 14 sentyabr kuni kombinat tarkibiy bo‘linmalari yoshlari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh marksheyder-2022” kasb-mahorat tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov kombinatning Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi tashabbusi hamda "Olmaliq KMK" AJ xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi, marksheyderlik bo‘limi, Xodimlar bilan ishlash xizmati va O‘quv markazi bilan hamkorligida tashkil etildi.
Unda tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat yuritayotgan oliy ma'lumotli, 30 yoshdan oshmagan, marksheyder kasbida faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar, shuningdek, egallab turgan lavozimidan qat'iy nazar mazkur yo‘nalishda mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lgan yoshlar ishtirok etadilar.
Kasb-mahorat tanlovi 2 bosqichda bo‘lib o‘tdi.
1-bosqichda ishtirokchilarning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun marksheyderlik sohasiga oid 30 ta test savollari berildi. Savollarga ishtirokchilar 30 daqiqada javob berishlari talab etildi.
Eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 6 nafar qatnashuvchilar 2-bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Amaliy bosqichda ular zaboyni tasvirga olib, elektron variantga o‘tkazishlari kerak bo‘ldi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Qalmoqqir KB karyer marksheyderi Muhammadali Alimqulov faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Ijro apparatining marksheyderlik bo‘limi tog‘-kon ishchisi Izzat Sobirov esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi Ozodjon Xayitaliyev esa “Eng yaxshi yosh marksheyder” deya e'tirof etildi.
Tanlov g‘oliblari kombinat yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Axborot xizmati