• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi yosh mexanik-2024”

29 Fevral 2024, 8:53 1008

Joriy yilning 28 fevral kuni kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh mexanik-2024” kasb mahorat tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, kombinat yoshlarini Vatanga sadoqat, OKMKda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash, ularning yetakchilik va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, kombinatning istiqbolli mutaxassislar zahirasini  shakllantirish maqsadida  o‘tkazilgan tanlov 2 bosqichda tashkil etildi.

1-bosqichda ishtirokchilarning o‘z kasblari bo‘yicha nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar  mexanika sohasiga oid 20ta test savollariga javob berishdi. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 nafar ishtirokchi esa 2-bosqichda bellashishdi.

2- amaliy bosqichda ishtirokchilar mexanika sohasiga oid savol va topshiriqlarni bajarishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni  Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi chilangar ta'mirlovchisi Saidislom Abdukarimov egalladi.

E'tiborli jihati 2-o‘rinni ham ITIB xodimi - muhandis konstruktori Abdujalil Ismatov qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘olibligiga ham ushbu korxona xodimi loyiq ko‘rildi. “Eng yaxshi yosh mexanik” deb ITIB mexanigi Sobit Jonsaidov e'tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikaksi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi Olmaliq shahar hududiy filiali, OKMK Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi, Bosh mexanik xizmati, Xodimlar bilan ishlash xizmati, O‘quv markazi hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi 1 oy muddatda Bosh mexanik xizmatida malaka oshiradi.

Shuningdek, 2- va 3- o‘rinni egallagan ishtirokchilar esa o‘z korxonasi bosh mexanigiga biriktirilib, 1 oy davomida malakasini oshirishadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech