Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi yosh mexanik – 2025”

14 Aprel 2025, 8:25 1007

Joriy yilning 4-aprel kuni "Olmaliq KMK" AJ tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh mexanik – 2025” kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.

OKMK Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan tashkil etilgan tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishchi-yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ular orasidan eng iqtidorli va tashabbuskorlarini aniqlash hamda rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

Ishtirokchilar mexanika sohasi bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy sinovlardan o‘tishdi.

Baholash jarayonlari yakunlariga ko‘ra, Ixtisoslashtirilgan taʻmirlash ishlari boshqarmasi vakili Yunusali Taubaldiyev 1-o‘rinni egallab, “Eng yaxshi yosh mexanik” deya eʻtirof etildi.

2-o‘ringa 2-Mis boyitish fabrikasi vakili Nemat To'ychiyev loyiq koʻrildi.

Ixtisoslashtirilgan taʻmirlash ishlari boshqarmasidan yana bir vakil Abdulaziz Urolov 3-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar Yoshlar ittifoqi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boburxon Xasanov,

Ixtisoslashtirilgan taʻmirlash ishlari boshqarmasi yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech