Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi yosh muhandis-quruvchi”

10 Sentyabr 2026, 8:24 287

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yosh mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning salohiyatini namoyon etish hamda qurilish va loyihalash sohasidagi ilg‘or g‘oya va amaliy yechimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida OKMK yoshlari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh muhandis-quruvchi” kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, ishtirokchilarning nazariy bilimlari, ijodiy yondashuvi va amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar qurilish sohasi bo‘yicha tuzilgan test sinovlarida o‘z bilimlarini namoyish etdilar. Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan ishtirokchilar tanlovning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldilar.

Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar qurilish va loyihalash yo‘nalishida ishlab chiqilgan yangi g‘oya, taklif hamda amaliy yechimlarini taqdimot shaklida hakamlar hay’atiga himoya qildilar. Mazkur bosqichda ishtirokchilarning innovatsion fikrlashi, muhandislik yondashuvi, muammolarga amaliy yechim topish qobiliyati hamda o‘z loyihalarini asoslab bera olish mahoratiga alohida e’tibor qaratildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida tanlov g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Barcha shartlarni aʻlo darajada bajargan “Olmaliqmetallurqurulish” tresti vakili Diyorbek Abdaliyev “Eng yaxshi yosh muhandis-quruvchi”, deya eʻtirof etildi.

“Olmaliqmetallurqurulish” trestining yana bir vakili Mirsharof Mirzamurodov faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi.

 Ixtisoslashtirilgan taʻmirlash ishlari boshqarmasi sharafini himoya qilgan Farrux Madumarov uchinch oʻringa loyiq koʻrildi.

“Olmaliqmetallurqurulish” tresti vakilasi Zoxida Abdumavlonova ham uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Eʻtiborli jihati tanlovda har bir ishtirokchi oʻzlarining kreativ loyihalarini taqdim etishdi.

Tanlov yosh muhandis-quruvchilarning o‘z ustida ishlashi, kasbiy bilimlarini yanada mustahkamlashi, zamonaviy qurilish va loyihalash yo‘nalishidagi bilim hamda ko‘nikmalarini amaliyotda namoyon etishi uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

Bunday tanlovlar yoshlarning kasbiy rivojlanishini rag‘batlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda OKMK uchun yuqori malakali, tashabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan yosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlarini samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, yangi g‘oyalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Yosh muhandislar — zamonaviy qurilish va ishlab chiqarish taraqqiyotining muhim tayanchi!

OKMK yoshlar ittifoqi

Bo`lishmoq:
Text to speech