• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023”

18 Dekabr 2023, 9:6 1073

Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida yosh mutaxassislarning zahirasini shakllantirish, ularning bilim va salohiyatini oshirish maqsadida “Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda STTB sex va bo‘limlarida mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etishdi.

Tanlovning birinchi sharti test sinovlari tarzida o‘tkazildi. Ikkinchi shartda ishtirokchilari o‘zlari faoliyat yuritayotgan bo‘linma faoliyati haqida to‘liq ma'lumotlarni taqdimot qilishib, ratsionalizatorlik takliflarini ham berishdi. Uchinchi shartda esa muammoli vaziyatdan chiqishni ko‘rsatib berishdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tanlovda faxrli uchinchi o‘rinni 3-temiryo‘l sexi chilangari Bekzod Safarmatov egalladi.

Ikkinchi o‘rin esa 1-temiryo‘l sexi mashinist yordamchisi Sherzodjon Anvarovga nasib etdi.

Barcha shartlarni a'lo darajada bajargan 2-temiryo‘l sexi mashinist yordamchisi Mansurjon Muhammadqulov tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023”, deya e'tirof etildi.

Tanlov g‘oliblari OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Shahzod Rahmonov,

STTB yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech