• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng yaxshi yosh tarkibli geologiya xizmati - 2022

29 Sentyabr 2022, 14:38 1487

Joriy yilning 23-sentyabr kuni OKMK geologiya bo‘limi, Yoshlar ittifoqi Yetakchilar Kengashi, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Konchilik ishlari bo‘limi, Xodimlar bilan ishlash xizmati hamda O‘quv markazi hamkorligida “Eng yaxshi yosh tarkibli geologiya xizmati -2022”  kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, kombinatning istiqbolli yosh kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda 35 yoshdan oshmagan geolog va namuna oluvchilar ishtirok etishdi.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, dastlab geolog va namuna oluvchidan iborat har bir jamoa birinchi bosqichda kasbiy mahoratini namoyon etishi, zamonaviy ish qurollaridan foydalanish darajasini amalda tadbiq etish maqsadida, namuna oluvchining ish jarayonini to‘liq smena boshidan oxirigacha videolavha orqali yoritib berishi talab etildi.

Shuniingdek, ishtirokchilar uchastka geologi va namuna oluvchining  lavozimiy, ishchi yo‘riqnomalari yangi ko‘rinishda, ish jarayonidagi fotosuratlar bilan yoritilib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlashdi.

Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilarga geologiya yo‘nalishiga oid topshiriq(masala)lar berildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, A.Saydaxmatov va I.Iymazovlar(Angren kon boshqarmasi) g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

A.Jalilov va I.Asqaraliyevlar(Angren kon boshqarmasi) esa ikkinchi o‘rinni egallashdi.

F.Nasivaliyev va N.Usmonidinovlar(Chodak kon boshqarmasi) uchinchi o‘ringi loyiq ko‘rildi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Mazkur tanlovda birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchi Yoshlar ittifoqining rahbar kadrlar zahirasi ro‘yxatiga kiritiladi va geologiya sohasi bo‘yicha malaka oshirish uchun tajribali mutaxassislarga biriktiriladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech