"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Sanoat temiryoʻl transport boshqarmasida mehnat qilayotgan yoshlar salohiyatini yuzaga chiqaruvchi “Eng yaxshi yosh zahira kadr – 2025” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 2023–2024-yillarda oliygohlarni tamomalagan 30 nafardan ortiq oliy ma’lumotli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Ishtirokchilar tanlovda test savollari, oʻz kasblari boʻyicha taqdimotlar, muammoli vaziyatdan chiqib ketish kabi shartlar boʻyicha bellashdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra, Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻlimi stajyori Xusnora Abduvositova uchinchi oʻrinni egalladi.
Ikkinchi oʻrin 4-sonli temir yoʻl sexi elektromonteri Sanjar Turdiboyevga nasib etdi.
Shu sexning iqtisodchisi Botirbek Muhammadjonov birinchi oʻringa loyiq koʻrildi.
Markazlashgan blokirovka, signalizatsiya va aloqa xizmati iqtisodchisi Asadbek Urushboyev oliy oʻrinni egallab, “Eng yaxshi yosh zahira kadr” deya eʻtirof etildi.
E’tiborga molik jihat shuki, o‘rin olgan g‘oliblar o‘z sohalarining yetuk mutaxassislariga 60 kunlik stajirovka asosida biriktiriladi. Bu ularning amaliy tajribasini boyitish, kasbiy o‘sishini ta’minlash va kelajakdagi yetakchilik salohiyatini shakllantirish uchun katta imkoniyatdir.
Biz kelajagi porloq yoshlarimizga ishonamiz va ularning har bir tashabbusini doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!
Sh. Raxmonov
Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi
– Yoshlar ittifoqi raisi