"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Yoshlar oyligi doirasida Chodak kon boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh ilg‘or yoshlar taqdirlanishdi.
Taqdirlash tadbirida ishtirok etgan Chodak KB direktori Abduxallok Miraxmedov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor natijasida yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarishayotganini ta'kidlab, yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.
Yoshlar kuni munosabati bilan OKMK tomonidan Guzaksoy shaxtasi elektrochilangari Nazirjon Qamariddinov qimmatbaho sovg‘a bilan, Oltin saralash fabrikasi maydalovchisi Ahrorxon Anvarxonov Faxriy Yorliq bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining Respublika bosqichida sovrindor bo‘lgan mexanika uchastkasi ishchisi Zuhra Rahmatillayeva ham taqdirlandi.
Abduvali Boboyev,
Chodak KB yoshlar ittifoqi raisi