Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, OKMK yoshlarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda kombinatning moliya yo’nalishidagi yosh xodimlar zahirasini shakllantirish maqsadida joriy yilning 21 dekabr kuni “Eng yaxshi yosh hisobchi” kasb mahorati tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlov OKMK Yoshlar ittifoqiI, O’quv markazi hamda O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi Olmaliq filiali faollari tashabbusi bilan tashkil etildi.
Unda kombinat tarkibiy bo’linmalarida faoliyat olib borayotgan yosh hisobchilar o’zaro belashishdi.
Tanlov, 2 bosqichda tashkil etildi.
1-bosqichda ishtrokchilar nizomga asosan sohaga oid 20 ta savolga belgilangan vaqt ichida javob berishdi. Mazkur bosqichda eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafar ishtirokchilar tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo’lishdi.
2-bosqich amaliy bosqich bo’lib, unda tanlov qatnashchilariga iqtisodiy sohaga oid savol va topshiriqlar berildi.
Kasb mahorati tanlovining natijalariga ko’ra, Qalmoqqir KB hisobchisi Kamolbek Hamidov 3-o’rinni egalladi.
Mis boyitish fabrikasi xodimi Kristina Golovanova 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
Barcha shartlarda o’z mahorati va bilimini namoyish eta olgan Sanoat temiryo'l transporti boshqarmasi xodimi Hamidjon Bozorov “Eng yaxshi yosh hisobchi – 2022” ko’rik tanlovining mutlaq g’olibi bo’ldi.
Tanlov go’liblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Yosh mutaxassislarimizning bilimlari bugun taqdirlansa, ertaga bu albatta o’z mahsulini beradi.
Axborot xizmati