"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Insholar tanlovi” o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi yoshlar orasida ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada mustahkamlash, o‘zbek tilining go‘zalligi, boyligi va ifoda imkoniyatlarini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov ishtirokchilarining ishlari mavzuni yoritish darajasi, fikr izchilligi, ijodkorlik, mualliflik yondashuvi hamda grammatik savodxonlik mezonlari asosida baholandi.
Natijalarga ko‘ra:
Sarvinoz Amanbayeva (33-MTM) — “Eng ta’sirli insho” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.
Munavvar Mansurova (22-MTM) — “Eng original yondashuv” nominatsiyasini qo’lga kiritdi.
Mavjuda Raximova (33-MTM) — “Eng savodxon ishtirokchi” nominanti bo’ldi.
Shuningdek, Xumora Abdurashitova (33-MTM) “Eng chiroyli husnixat” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
G‘olib va sovrindorlarga Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘z ijodiy ishlari orqali ona tilimiz — o‘zbek tiliga bo‘lgan cheksiz mehr va e’tiqodlarini yana bir bor namoyon etdilar.
Alisher Usmonov,
Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi raisi