• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ilgʻor va faollarga munosib ragʻbat

18 Yanvar 2024, 14:6 809

Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi mehnat jamoasida 2023-yilda uytuqlarga erishgan yoshlarni taqdirlash tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda yosh zaxira mutaxassisilar oʻrtasida oʻtkazilgan "Eng yaxshi yosh rahbar" tanlovi g'oliblari aniqlandi.

Tanlov natijalariga koʻra, faxrli uchinchi oʻrinni Boburjon Mamatqulov egalladi. Ikkinchi oʻrin esa Saidislom Abdikarimovga nasib etdi.

Yunusali Tauboldiyev "Eng yaxshi yosh rahbar" deya, e’tirof etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Respublika korxona va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha musobaqada "Olmaliq KMK" AJ sharafini munosib himoya qilib, faxrli uchinchi oʻrinni egallaganligi uchun Mirrahim Urinbayev taqdirlandi.

Shuningdek, "Olmaliq KMK" AJ tarkibiy boʻlinmalari yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan "Eng yaxshi yosh mexanik-2023" kasb mahorati tanlovida faxrli ikkinchi oʻrinni egallagan  Abdulaziz Uralov, "Eng yaxshi yosh quruvchi muhandis-2023" tanlovida faxrli ikkinchi oʻrinni egallaganligi uchun Umarodil Jumanov, "Eng yaxshi yosh quruvchi muhandis-2023" tanlovida faxrli uchinchi oʻrinni egallaganligi uchun Nodir Bozorov, Yoshlar spartakiadasi doirasida oʻtkazilgan "Tosh koʻtarish" musobaqasida faxrli ikkinchi oʻrinni egallagan Sarvar Nazarov ragʻbatlantirildi.

"9-dekabr - butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan tarkibiy boʻlinmalar xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan "Zakovat" intellektual oʻyinida faxrli ikkinchi oʻrinni egallaganligi uchun  Miraziz Mirziyatov, Sobit Jonsaidov, Gʻofur Usmonov, Mirrahim Urunbayevlar e’tirof etildi.

Tadbirda barcha ilgʻor yoshlarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Asilbek Omankulov,

ITIB yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech