• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ingliz tili bilimdoni

20 Iyun 2022, 13:10 903

20 iyun kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida  30 iyun -  "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan "We know English" shiori ostida  "Ingliz tili bilimdoni" tanlovi  oʻtkazildi.

Yoshlarning xorijiy tillarga boʻlgan qiziqishini oshirish, ular orasidan ingliz tilini mukammal egallagan yoshlarni saralab olish maqsadida oʻtkazilgan tanlov "British Council" oʻquv markazi bilan hamkorlikda, 2 bosqichda "Speaking" va "Listening" yoʻnalishlarida oʻtkazildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 3-oʻrin Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi xodimi Abdulaziz Abdumalikovga nasib etdi.

2-oʻrinni Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi muhandisi Iroda Rustamova egalladi.

Chodak kon boshqarmasi xodimi Abdurashidxon Egamberdiyev gʻoliblikni qo‘lga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlarga diplom va IELTS sertifikati uchun 2 000 000 soʻm pul grantlari taqdim etildi.

Хurshid Abdullayev,

Qalmoqqir KB yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech