• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Javohir - "Eng yaxshi mexanik"

25 Fevral 2025, 15:19 219

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti Yoshlar ittifoqi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi bilan hamkorlikda "Eng yaxshi mexanik" kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.

Trest Yoshlar ittifoqi yillik rejasiga asosan, korxonadagi yosh mutaxassis kadrlarni aniqlash, "Ustoz-shogird" an'analarini yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazligan tanlovda Ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalar uchatkasining 10 nafar saralangan eng faol yosh mexaniklar ishtirok etishdi.

Hozirgi kunda trestda 100 dan ziyod qurilish sohasiga oid maxsus transport vositalari mavjud bo‘lib, ularni 120 nafar haydovchilar boshqarib kelishmoqda.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining yuqori malaka va mahoratlarini namoyish etdilar. Har bir ishtirokchi o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini amalda ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tanlovda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, o‘z sohasining chinakam egalarini aniqlash maqsadida amaliy savol-javob ham o‘tkazilib, u o‘quv-amaliy imtihon suhbat tarzida tashkil etildi.

Imtihon davomida yoshlar o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini namoyish etdilar, shuningdek, ularning professional darajasi ham baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblikni Javohir Raimov qo‘lga kiritib, "Eng yaxshi mexanik" deya e'tirof etildi.

Faxrli ikkinchi o‘rin Yusuf Suyunovga nasib etdi.

Shukurullo Rajabov esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari tanlovning kombinat miqyosida bo‘ladigan bosqichi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritishdi.

Tanlov yakunida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida g‘oliblarga esdalik kitoblar tuhfa etildi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar Trest Istiqbolli kadrlar zahirasiga ham kiritilib, 1 oy davomida oilaviy shahar O‘lkashunoslik muzeyiga imtiyozli kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Jonibek Alijonov,

Trest yoshlar ittifoqi raisi

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu