Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Tarix. Kecha, bugun, kelajak haqida so‘z yuritish, voqealar tavsiloti bilan tanishish, hamfikr bo‘lish, shuhasiz tajriba va hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
OKMKda ham mazkur tadbirlarni o‘tkazish an'anaga aylangan. Joriy yilning 20 senyatbr “Metallurg” MSda konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi Olmaliq shahar hududiy filiali a'zolari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti va Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi yoshlari bilan uchrashishdi.
Uchrashuv avvalida, yig‘ilganlarning e'tiboriga Olmaliq shahrining kelib chiqishi, kombinatning tarixi, istiqbolli rejalari to‘g‘risidagi videofilm namoyish etildi.
Shundan so‘ng yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirishdi.
Bundan tashqari, OKMKning qurilishi, uning tarkibidagi zavod va fabrikalar hamda uchastkalarning ochilishi, usha davirda ishlagan mehnatkashlarning munosib hissalari ham yodga olindi.
Bunga javoban yoshlarimiz esa, yaratilgan sharoitlar hamda ularga ustozlik qilib boy tajribasi bilan o‘rtoqlashgan nuroniylarimizga o‘z minatdorliklarini bildirishdi.
Shuningdek, faxriylar va yoshlar OKMKning 70 yillik shodiyonasi arafasida tashkil etilgan kombinati muzeyini ham ko‘zdan kechirishdi. Ekskursiya davomida nuroniylarimiz ko‘rgazmalar bilan tanishib, o‘sha davrdagi suratlarga qarab, ishlagan davrlarini yana bir bor yodga oldilar.
Faxriylar va yoshlar Qalmoqqir konidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan ham tanishdilar.
Muxtasar aytganda, 3 avlod uchrashuvi yoshlarimiz uchun katta dars maktabi bo‘ldi. Zero Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.
Axborot xizmati