• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat yoshlari “MSITF-2024” festivalida

03 May 2024, 9:17 385

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarni keng joriy qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 2-4 may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘i hududida “MSITF-2024” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu festivalda kombinatimizning bir qator faol yoshlari ishtirok etishib, illiq taassurotlar bilan qaytdi.

E’tiborlisi festivalda turli ko‘rgazmalar tashkil etilgan boʻlib, unda harbiy sohadagi texnika, aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv-texnik vositalari, dasturiy ta’minot, aviatsiya, uchuvchisiz uchish tizimlari, robototexnika qurilmalari, trenajyor komplekslar, himoya vositalari, kimyo texnologiyalari va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlanmalar joy oldi.

Qolaversa, festivalda sport musobaqalari ham tashkil etilib, OKMK Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi ushbu sport musobaqalarida munosib ishtirok etishdi. Jumladan sportning tosh koʻtarish musobaqasida Rux zavodi yoshlar yetakchisi Aznaur Abdurashidov 3-oʻrinni, sportning darts turi boʻyicha musobaqada Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi yoshlar yetakchisi Sunnatullo Ataqulov faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 1-oʻrinni Markaziy analitik laboratoriyasi yoshlar yetakchisi Feruza Abdumalikova egallab musobaqa gʻolibasiga aylandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech