• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konchilar "Zakovat" intellektual o'yinida bellashishdi

14 Noyabr 2022, 8:20 1114

"Olmaliq KMK" AJda inson qadrini ulug'lash, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishda, ularga kerakli shart-sharoitlarni yaratishda Kasaba uyushmasining xizmati katta. Har yili 11-noyabr xalq xizmati yo'lida tinmayotgan “Kasaba uyushmalari kuni” sifatida nishonlanadi. Ana shu bayram munosabati bilan Qalmoqqir kon boshqarmasi Kasaba uyushmasi qo'mitasi va Yoshlar ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda kon boshqarma tarkibiy bo'linmalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Qiziqarli o'tgan uchrashuvda kon boshqarmasida faoliyat yuritayotgan turli yosh va kasb egalari ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra 3-o'rinni Ixtisoslashtirilgan elektr ta'mirlash bo'linmasi egalladi.

2-o'rin Markaziy karyer jamoasiga nasib etdi.

1-o'rinni Yoshlik-1 koni Barakali karyeri jamoasi egalladi.

G'olib jamoalarga Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari taqdim etildi.

Abbos Tursunov,

“Qalmoqqir” KB Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech