• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konstitutsiyaviy islohotlar davr talabidir

22 Iyul 2022, 14:26 2130

Joriy yilning 21 iyul kuni “Metallurg” Madaniyat saroyida mamlakatimiz Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasining Toshkent viloyati partiya tashkiloti tomonidan tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi Furqatjon Ahmedjanov va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining faol yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Azamat Mavlonov, Olmaliq shahar partiya tashkiloti raisi Dilshod Yunusov, rux zavodi Yoshlar ittifoqi raisi Aznaur Abdurashidovlar o‘z takliflarini bildirib o’tishdi. Insonning ekologik huquqlarini, mamlakat aholisining hozirgi va kelajak avlodlarining qulay muhitga bo‘lgan huquqlarini aks ettirishning dolzarbligi va hayotiy ahamiyati mamlakatning asosiy Qonunida qayd etilgan.

Kombinatning yosh xodimlari o‘z taklif va g‘oyalarini bildirib, mutasaddilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech