Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Avval xabar berilganidek, 30 iyun – Yoshlar kuni va munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida shahrimizdagi “Tojmahal” tantanatalar majmuida “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi kengashi hamda Olmaliq shahar hokimligi, Yoshlar agentligi bilan hamkorligida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Intellektual gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Ishtirokchlar 22ta mantiqiy, tarixiy va adabiyotga oid savollarga javob topib, bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Oʻyin natijalariga koʻra, shahrimizning Uvaysiy mahallasi “Legion” jamoasi yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar uchun bahs keskin boʻldi. Qoʻshimcha savollar orqali Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi yoshlar ikkinchi oʻringa loyiq koʻrildi.
Mis boyitish fabrikasi yoshlari esa uchinchi oʻrin bilan kifoyalanishdi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi yoshlariga biroz omad yetishmadi.
Oʻyin gʻoliblari OKMK rahbariyati tomonidan 30 iyun – Yoshlar kunida ragʻbatlantiriladi.
Axborot xizmati