• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Eng yaxshi yosh rahbar-2023"

11 May 2023, 9:24 1929

Yurt ravnaqida va uning har jabhada rivojlanishida yosh zaxira kadrlarining o'rni katta. "Olmaliq KMK" AJ tarkibiy bo'linmalarida ham yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega, ishlab chiqarishni rivojlantirishda o'z hissasini qo'sha oladigan yoshlarni saralab olish ham muhim masalalardan biridir.

Ana shu maqsadda kuni kecha "Qalmoqqir" kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqi kengashi va Kasaba uyushma qo'mitasi bilan hamkorlikda tarkibiy bo'linma yoshlari o'rtasida "Eng yaxshi yosh rahbar-2023" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar dastlab mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, ijtimoiy, huquqiy sohaga oid test hamda yurtimizdagi qonun va kodekslarga oid savollarga javob berdilar.

Keyingi bosqichda saralab olingan 5 nafar ishtirokchilarga "Qalmoqqir" KB bosh mutaxassislari tomonidan o'z yo'nalishlari hamda rahbarlik ko'nikmalarini shakllantiruvchi savollar berildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra 3-o'rin Barakali karyeri ekskavator mashinisti yordamchisi G'olib Jadilovga nasib etdi.

2-o'rinni Sariq Cho'qqi karyeri mexanik v.b. Qurbonali Aynakov egalladi.

Barcha shartlarni a'lo darajada bajargan Markaziy karyer ekskavator mashinisti yordamchisi Humoyun Yuldashev g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Go'liblar "Qalmoqqir" KB Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar hamda boshqarma bosh mutaxassislar bilan birgalikda 1 oy davomida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Xurshid Abdullayev,

"Qalmoqqir" KB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech