Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun dunyo tahlikali va tahdidli. Eng ayanchlisi esa, globollashuv ma'naviy qadriyatlarni yutib yubormoqda. Daraxt ildizidan ayro bo‘lsa, uning yashay olmasligini juda yaxshi bilamiz, huddi shunday millat ham ildizidan uzoqlashar ekan, dunyo oldida o‘rinsiz qolishi tayin.
Ming afsuski, har qadamda ma'naviy qadriyatlarimizni buzishga yoki oyoqosti qilishga urinishlar ko‘zga tashlanayapti. Ayni mana shunday tahdidlarga qarshi tura olish uchun esa millatning ma'naviy qarashlarini to‘g‘ri shakllantirish juda zarur.
Mazkur masala 36 mingdan oshiq mehnatkashlarni jamlagan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidek yirik sanoat korxonasida ham muhim o‘ringa ega. OKMK Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashabbusi bilan barcha tarkibiy bo‘linmalarida "Tilda, fikrda, ishda birlik" shiori ostida “Ma'naviyat soati” tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ularning navbatdagisi Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbari Husniddin Sulaymonov, kombinat Yoshlar ittifoqi raisi Azamat Mavlonov, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisining iqtisody masalalar bo‘yicha maslahatchisi Feruza Bazarova hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Milliy ruh bilan boshlangan yig‘ilish avvalida Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi senator Rustam Xolmurodovning Xalq so‘zi gazetasida e'lon qilingan “Ma'naviy immunitet nima va u qanday shakllantiriladi?” nomli maqolasi tahlil etildi. Tadbir tashkilotchilari muallifning maqolasida berilgan qarashlar xalqimiz uchun nechog‘lik ahamiyatli ekanini ta'kidlab o‘tishdi.
Shu o‘rinda maqoladan iqtibos, Ma'naviyat nimaga kerak, degan savolni o‘rtaga tashlaydigan odam ertaga Vatan, Milllat nega kerak desa ajablanmang. Chunki ma'naviyat yo‘qolgan joyda qullik, sotqinlik hukm suradi. Ayni shunday fikrlar bilan yo‘g‘rilgan ijodkor so‘zlari mutasaddilar tomonidan uchastkalar rahbarlari va faol yoshlar e'tiboriga havola etilar ekan, hayot tamoyillarimizni chin ma'naviy qarashlar bilan shakllantirishimiz va ana shu tartibni hayotimizga ham singdirishimiz millat farzandi sifatida burchimiz ekanligi ta'kidlandi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida ma'naviyatsiz millatni nimalar kutishi, ma'naviyat bizni qanday havflardan ogoh etishi borasidagi fikrlar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida esa, ayni shu tartibdagi uchrashuvlar boshqarma uchastkalari miqyosida ham o‘tkazilishi ta'kidlanib, ta'mirchilar ayni mavzuda chellenjga start berishi va Ma'naviyat, Vatanni tushunish borasidagi eng muhim fikr va ma'lumotlardan kombinatning har bir ishchisi xabardor bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi.
Axborot xizmati