• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mard o‘g‘lonlar bellashuvi

13 Yanvar 2022, 15:35 1985

Harbiy vatanparvarlik oyligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati hamda OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 8-yanvar kunidagi “Mamlakatimizda “2022-yil -“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" deb e'lon qilinishi hamda “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Olmaliq KMK” AJ yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida bayram tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 000024-sonli buyrug‘iga ko‘ra, “Mard o‘g‘lon” harbiy sport musobaqasi tashkil etildi.

“Vatanni – mardlar qo‘riqlaydi” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada kombinatning Qalmoqqir kon boshqarmasi va Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining ichki qorovullik xizmatlari hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari harbiy qismining yosh xizmatchilari  ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar o‘rtasida estafeta yugurish, granatani uzoqlikka uloqtirish, arqon tortish, uzoq masofaga yugurish kabi shartlar bo‘yicha bahslashdilar.

Musobaqa g‘olibligini yosh harbiy xizmatchilar jamoasi egalladi.

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoasi esa faxrli ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

STTB ichki qorovullik xizmati jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech