• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi jamoasi - Zakovat intellektual o‘yini g‘olibi

29 Noyabr 2022, 12:52 928

Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanovning “9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida turli xil tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri bugun “Mumtoz” marosimlar saroyida tashkil etildi.

Kombinat rahbar hamda muhandis-texnik xodimlari va shahar yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirokchilar turli mavzulardagi savollarga javob berishdi.

Murosasiz kechgan bellashuvlarda uchinchi o‘rinni Mis boyitish fabrikasi jamoasi egallashdi.

Qalmoqqir kon boshqarmasi jamoasi esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Barcha raqiblaridan ustun kelgan holda, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi jamoasi o‘yin g‘olibi sifatida e'tirof etildi.

Azamat Abdiyev,

MTMZ yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech