• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Maxsus tayyorgarlik” musobaqasi

16 Iyun 2023, 14:31 725

30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati Yoshlar ittifoqi hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida ishchi-xodimlar o‘rtasida “Maxsus tayyorgarlik” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa jismoniy tayyorgarlik, tibbiy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik xamda test sinovlari asosida tashkil etildi.

Mazkur musobaqada faxrli 3-o‘rinni tezkor harakatlanuvchi guruhi nazoratchisi Sohibjon Yusupov egalladi.

2-o‘ringa tezkor harakatlanuvchi guruhi nazoratchisi Farrux O‘rolov loyiq ko‘rildi.

1-Tezkor harakatlanuvchi guruhi nazoratchisi Abramjon Normirzaev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan ajratilgan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 7 nafar xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

S. Rahimov, IHQX Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech