• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

MTMZda “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” mualliflari aniqlandi

15 Mart 2023, 10:46 1538

Joriy yilning 14-mart kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida zavodning malakali va yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda MTMZning malakali mutaxassislari bilan bir qatorda iqtidorli yosh xodimlar ham faol ishtirok etdilar.

Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, dastavval 20dan oshiq ratsionalizatorlik g‘oya va takliflar orasidan iqtisodiy samaradorligi eng yuqori bo‘lgan 10 nafar ishtirokchining innovatsion g‘oyalari ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun munosib deb topildi.

Har bir ishtirokchi o‘z g‘oya va takliflarini taqdimotlar orqali himoya qildi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Quyish sexi ishchisi Olim Alimovning “Yong‘in xavfsizligida Sun'iy intellektdan foydalanish” g‘oyasi 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Temirchilik va payvandlash sexi boshlig‘i Shuhrat Karimov taklif etgan “Val shesternyalarni yangicha yasash usuli” innovatsion g‘oyasi esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Zavodning texnik ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Farhod Maksumov tomonidan ilgari surilgan “300X28N2 maxsus qotishmasining kimyoviy xossalarini o‘zgartirish” to‘g‘risidagi innovatsion g‘oyasi esa iqtisodiy samaradorligi yuqori, deya e'tirof etildi va tanlov g‘olibi bo‘ldi.

Mazkur tanlovda g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar kelgusida ishlab chiqarishga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Azamat Abdiyev,

MTMZ Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech