"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 3330-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan kombinatda mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi kubogi uchun musobaqa start oldi.
Musobaqada jami bo‘lib 29 jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib borishdi.
Jumladan, 1-guruhdagi asosiy tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasidagi bahslarda 3-Mis boyitish fabrikasi va Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi jamoalari o‘rtasidagi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda ta'mirchilar jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Ushbu guruhning final uchrashuvida esa Qalmoqqir kon boshqarmasi hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoalari ro‘baro‘ kelishadi.
2-guruhning uchinchi o‘rin egasini Texnik nazorat xizmati va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi jamoalari o‘rtasidagi bahs aniqlab berdi. Unda IChAB jamoasining qo‘li baland keldi.
Mazkur guruhning finalida esa Markaziy apparat hamda Portlatish materiallari zavodi jamoalari o‘zaro uchrashishadi.
Olimpiya tizimi asosida o‘tkazilgan musobaqaning final uchrashuvlari yaqin kunlarda o‘tkaziladi.
Bahriddin Usvaliyev,
TTB yoshlar ittifoqi raisi