• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK iste’dodlarni kashf etadi

29 Mart 2024, 15:11 176

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida “Olmaliq KMK” AJ yosh ishchi-xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida hamda kombinatimizning 75 yilligi munosabati bilan iqtidorli yoshlar o‘rtasida “OKMK iste’dodlarni kashf etadi” shiori ostida “OKMK iste’dodi” ko‘rik tanlovi start oldi.

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida oʻtkazilayotgan tanlovda “Olmaliq KMK” AJda faoliyat  yuritayotgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli ishchi-xodimlar o‘z ijodiy ishlari va iqtidorlari bilan ishtirok  etishadi.

Bugun tanlovning saralash bosqichi boshlandi. Saralash bosqichidan muvafaqqiyatli o‘tgan 6 nafar ishtirokchi final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Tanlovda ishtirokchilari qo‘shiqchilik san’ati, aktyorlik mahorati, xoreografiya, cholg‘u ijrochiligi, qiziqchilik san’ati, ko‘zboyloqchilik, sport kabi yo‘nalishlar boyicha bellashishadi.

Tanlov g‘oliblari “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi kengashining maxsus diplom va pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Jumladan, 1-o‘ringa 10.000.000 so‘m, 2-o‘ringa 6.000.000 so‘m, 3-o‘ringa 4.000.000 so‘m pul mukofotlari taqdim etiladi.

Ushbu tanlovda Siz ham individual yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishingiz mumkin!

Ishtirok etish niyatida bo‘lganlar: @Alisher_Usmon telegram akkauntiga o‘zi va iqtidori haqida ma'lumot qoldirishi soʻraladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech