"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 22-dekabr kuni “Metallurg” MSda kombinat tarkibiy bo‘linmalari yoshlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan OKMK ligasi QVZ tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Bojalar”(Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi), Grev Stayl(Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi+Avtomobil transport boshqarmasi), “Portland”(Sherobod sement zavodi), “Konchilar” (Qalmoqqir KB), “O‘zgacha uslub”(Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi), “Feno Men”(Birlashma), “Yulduzlar fabrikasi” (Mis boyitish fabrikasi) jamoalari o‘zaro bellashishdi.
Jamolar tezkor savol-javoblar, jamiyatdagi muammolarning o‘tkir yumor ostida tanqidiy chiqishlar orqali o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Bojalar” hamda “Yulduzlar fabrikasi” jamoalari bu yilgi mavsumning g‘olibi deb topilishdi.
Ikkinchi o‘ringa “Portland” jamoasi loyiq ko‘rildi.
“O‘zgacha uslub” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoalarga pul mukofotlari taqdim etildi.
Jahongir Usmonqulov,
OKMK QVZ loyihasi rahbari