• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oltin qazib oluvchilarga xalaqit bergan metall

28 Avgust 2023, 10:45 746

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Mis boyitish fabrikasida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda fabrikaning faol yosh ishchi-xodimlari va muhandis-texnik xodimlar ishtirok etishdi.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan o‘yinda Amerikada oltin qazib oluvchilarga xalaqit bergan, biroq keyinchalik undan ham qimmat metall bo‘lgan platina haqidagi savolga to‘g‘ri javob bergan asosiy o‘yinda ochkolari teng bo‘lib qolgan "Chiqit to‘plash sexi" jamoasi bilimdonlari "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish" xizmati jamoasi ustidan g‘alaba qozonib 3-o‘rinni egallashdi.

Insoniyat bilish, fikrlash va orzu qilish imkonini beruvchi uchta kalitga ega, bular raqamlar, harflar va uchinchi kalit esa musiqa notalari deya javob bergan "Yanchish va flotatsiyalash sexi" jamoasi 1-o‘rinni egallab mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Biroz omad yetishmagan "Boshqarma" jamoasi yoshlari esa faxrli 2-o‘rin bilan kifoyalanishdi.

O‘yin g‘oliblariga Kasaba uyushmasi tomonidan pul mukofoti olish uchun chek hamda diplomlar topshirildi.

B. Sobirjanov,

MBF Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech