"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun “Tojmahal” tantanalar majmuida “Zakovat” intelleektual o‘yining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
OKMK Yoshlar ittifoqi hamda Olmaliq shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan o‘yin mart oyida start olgan bo‘lgan, unda 32ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
15 ta jamoa ishtirok etgan final bosqichi ikki raundda o‘tkazilib, unda jamoalar 10 ta savolga javob berishlari talab etildi.
Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan o‘yinda Avtomobil transport boshqarmasi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblik uchun esa Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi jamoalari bellashishdi.
Yakunda esa MTMZ jamoasi ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali esa o‘yin g‘olibi sifatida e'tirof etildi.
G‘oliblarga diplom va pul mukofotlari taqdim etildi.
Axborot xizmati