• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tajriba, yoshlik, kasb mahorati

22 Iyul 2022, 9:39 1510

Joriy yilning 20 iyul kuni “Metallurg” madaniyat saroyida Kon-metallurgiya sanoati faxriylari kengashi Olmaliq shahar bo‘limi va OKMK Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Muvaffaqiyat tarixi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda OKMK Avtomobil va Texnologik transport boshqarmalari ishlab chiqarish faxriylari Tohir Mamatov, Aleksandr Uryutin, Ravshan Tillayev, Muhammad Quddusov, Bahrom Ahmedov, Mirjamol Jo‘rayev, korxona xodimlari va yoshlari ishtirok etishdi.

Ishlab chiqarish faxriylari o‘zlarining kasb yo‘llari haqida yoshlarga so‘zlab berishdi. Yoshlarning “Bu qanday bo’lgan?” degan savollariga javob berishdi.

Uch avlod uchrashuvida ishlab chiqarish faxriylariga esdalik sifatida qimmatbaho sovg‘alar va fotosuratlar topshirildi.

Ushbu uchrashuv davomida ishtirokchilar kombinat muzeyi bilan tanishishdi, Qalmoqqir va “Yoshlik I” konlariga tashrif buyurdilar.

Yakunda ishlab chiqarish faxriylariga mehnatlari va yurtimiz ravnaqiga qo’shgan xizmatlari uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirildi. “Tajriba, yoshlik va kasb mahorati” uch yo‘nalishini birlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech