Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 22-yanvar kuni “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti kasaba uyushmasi qo‘mitasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston Yoshlari birlashaylik” shiori ostida "O‘zbekiston yoshlar mamlakati" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Muqimiy nomidagi Respublika drama teatri aktyorlari Hamid Toshpo‘latov, Qobil Umirov, O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqinjon Fayziyev, shoir Luqmon Musulmon, Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Muhriddin Hamzayev hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining yoshlar masalalar komissiyasi raislari, yoshlar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishdagi topshiriqlari ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi va Trest yoshlar ittifoqi faoliyatining 2023-yil yakunlari va 2024-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Tadbirda so‘z olgan mehmonlar mamlakatimizda yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, turli xil yot g‘oyalardan asrab-avaylash lozimligi ta'kidlandi.
Tadbirda yoshlar va muhandis texnik xodimlar o‘z tashabbus va takliflarini bildirishdi. Shahrimiz karatechilarning ko‘rgazmali chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari yangi barpo etilayotgan muhandislar maktabining qurilish jarayoni hamda Metallurgiya kompleksi ob'yektlarini barpo etadigan quruvchilar shaharchasi va trestning plastik romlar va derazalar ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan tanishdilar.
Tadbir davomida bir guruh faol yoshlar rag‘batlantirildi.
Feruza Bazarova,
“Olmalq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi raisining
iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslaxatchisi,
Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi