Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Pahlavonlar estafetasi”

01 May 2026, 14:55 37

Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat hamda san’at homiysi — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan kombinat yoshlari o‘rtasida “Pahlavonlar estafetasi” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

Birinchi shartda qatnashchilar katta gabaritli shinani 10 metrga ag‘darishgan bo‘lishsa, ikkinchi shartda ikkita 40 kilogrammli toshni 10 metrga ko‘tarib borishdi.

Kamondan o‘q otish shartida esa merganliklarini sinovdan o‘tkazishdi. To‘rtinchi shartda esa granatani uzoqqa uloqtirishdi.

Murosasiz kechgan bahslar va umumiy yig‘ilgan natijalarga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra, Qalmoqqir kon boshqarmasi yoshlari yaxshi natijalarni qayd etgan holda musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi o‘rin Mis eritish zavodi  yoshlariga nasib etdi.

Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi yoshlari uchinchi o‘rinni band etishdi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan birga, ularda ajdodlarga munosib voris bo‘lish tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bahriddin Usvaliyev,

Texnologik transport boshqarmasi yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech