"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK Yoshlar ittifoqining tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida kasbga bo‘lgan qiziqish va mahoratni oshirish, malakali kadrlarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi yosh payvandchisi” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlovda OKMKning turli bo‘linmalaridan 30 nafar iqtidorli yosh payvandchilar ishtirok etishdi. Tanlov ikki asosiy shartdan iborat bo‘lib, har bir ishtirokchi o‘z nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qildi.
Biriinchi shartda ishtirokchilar kasblariga oid test savollariga javob berishdi.
Birinchi shart yakunlariga koʻra, yaxshi natijalar qayd etgan 10 nafar ishtirokchi ikkinchi shart yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Ikkinchi shartda payvandchilar zamonaviy payvandlash uskunalarida diametrik 159 mm boʻlgan quvurni qolda yoyli payvandlashni 50 daqiqada bajarishlari talab etildi.
Tanlov natijalariga koʻra, faxrli 3-oʻrinni Markaziy taʻmirlash mexanika zavodi vakili Doston Fozilov egalladi.
2-oʻrin Ixtisoslashtirilgan taʻmirlash ishlari boshqarmasi vakili Ulugʻbek Pirimqulovga nasib etdi.
Markaziy taʻmirlash mexanika zavodining yana bir vakili Sanjar Bakirov - “Yilning eng yaxshi yosh payvandchisi”, deya eʻtrof etildi.
Mazkur tanlovning yuqori saviyada va shaffof o‘tishini ta’minlashda OKMK bosh payvandchisi hamda Texnik nazorat xizmati xodimlari katta hissa qo‘shdi.
Tanlov g‘oliblari Yoshlar kuni bayramida taqdirlanishadi.
Boburxon Xasanov,
ITIB Yoshlar ittifoqi raisi