Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sardor - “Eng yaxshi yosh boyituvchi”

14 Aprel 2025, 10:12 1254

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ miqyosida 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi yosh boyituvchi – 2025” kasb mahorati tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar boyitish jarayonlariga oid nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, kasbiy mahorati hamda ishlab chiqarishdagi ilg‘or tajribalarini namoyon etdilar. Yuqori raqobat ruhida o‘tgan bellashuv natijalariga ko‘ra, eng iqtidorli yosh boyituvchilar aniqlandi.

Jumladan, 2-Mis boyitish fabrikasi sharafini himoya qilgan Sardor Hasanov “Eng yaxshi boyituvchi”, deya eʻtirof etildi.

2-o‘rinni Angren kon boshqarmasi vakilasi Mahliyo Abdumoʻminova egalladi.

3-o‘rin Mis boyitish fabrikasi vakili Ahmadjon Yunusovga nasib etdi.

Tanlov g‘oliblari “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ushbu tanlov yosh boyituvchilarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularni rag‘batlantirish hamda kasbiy o‘sishga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

O'ktam Bekmatov,

2-MBF boshlig'ining yoshlar masalalari bo'yicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech