"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Hurmatli Abdulla Xolmuradovich!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanganingiz munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yoshlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu yuksak mukofot — ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, Vatanimiz taraqqiyoti, sanoatimiz rivoji va kombinat ravnaqi yo‘lidagi munosib xizmatlaringizning yuksak e’tirofidir.
Siz biz, yoshlar uchun nafaqat tajribali rahbar, balki ustoz, yo‘l ko‘rsatuvchi va ibrat namunasisiz. Sizning mehnatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatingiz, yangilikka intilishingiz, jamoaga bo‘lgan e’tiboringiz va yoshlarga bildirayotgan ishonchingiz biz uchun katta maktabdir.
Bugun kombinatda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy mehnat va ta’lim sharoitlari, kasbiy rivojlanish uchun berilayotgan imkoniyatlar, yangi loyihalar va ulkan bunyodkorlik ishlari — bularning barchasi yosh avlodning munosib kelajagini ta’minlashga qaratilgan ezgu maqsadlarning amaliy ifodasidir.
Ayniqsa, amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar, ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi — bugungi yoshlar va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, kombinat yoshlari, yaratilayotgan ushbu imkoniyatlarni chuqur his qilamiz va ularga munosib bo‘lishga, bilimimiz, tashabbusimiz va mehnatimiz bilan kombinatimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishga intilamiz.
Sizning har bir ezgu tashabbusingiz va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tiboringiz bizni yanada katta maqsadlar sari ruhlantiradi.
Hurmatli Abdulla Xolmuradovich!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, uzoq umr va kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Vatan ravnaqi, kombinat taraqqiyoti va yoshlar kelajagi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yoshlari