Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 27-yanvar kuni Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida 2022-yil davomida faol bo‘lib, mehnat jamoasi sharafini munosib himoya qilgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi v.b. Inomjon Matmusayev STTB yoshlari kombinat miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalari, turli kasb-mahorati tanlovlarida munosib ishtirok etishishlarini ta'kidladi. Mehnat jamoasida yoshlarga berilayotgan e'tibor bois ular ko‘plab yutuqlarga erishayotganini bildirib o‘tdi.
2022-yilda korxonada yoshlar siyosati, ular tomonidan qayd etilgan natijalar hamda yutuqlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan STTB yoshlar ittifoqi raisi Shahzod Rahmonovning hisoboti tinglandi.
2022-yilda kombinat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi yosh marksheyder” kasb mahorati tanlovida Ozod Hayitaliyev hamda “Eng yaxshi yosh hisobchi” tanlovida Hamidjon Bozorovlar g‘olib bo‘lishgan.
Shuningdek, sportning stol tennisi, arqon tortish, beshkurash, voleybol, “Temurbek izdoshlari” musobaqalarida STTB yoshlari sovrinli o‘rinlarni egallashgan. OKMK Yoshlar spartakiadasi musobaqasida esa umumjamoa hisobida STTB yoshlari ikkinchi bo‘lishgan.
Ayni kunlarda boshqarma tarkibiy bo‘linmalarida 885 nafar yoshlar turli kasblarda mehnat qilishmoqda. Ularning 118 nafarini oliy ma'lumotli yoshlar tashkil etib, ular zaxira kadrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Tadbir davomda STTB rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan o‘tgan yilda yutuqlarga erishgan yoshlarga hamda yoshlarning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlarida yaqindan ko‘maklashayotgan sex boshliqlariga esdalik sovg‘alari topshirldi.
STTB rahbariyati tomonidan yoshlar hamisha diqqat markazda ekanligi, ularga barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi ta'kidlandi.
Axborot xizmati