• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tabiat qoʻynida "Yoshlar slyoti"

21 Iyun 2022, 9:12 1206

Mis boyitish fabrikasi Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoshlar bilan ishlash boʻyicha komissiyalari hamkorlikda  "Toshkent dengizi-2022" "Yoshlar slyoti"ni tashkil etdi.

"Yoshlar slyoti" noodatiy tarzda ochiq tabiat qoʻynida,  OKMKning "Avtomobilchi" dam olish maskanida tashkil etildi.

Tadbirda mehmon sifatida qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasining xalqaro aloqalar boʻlimi xodimi Oybek Xolmurodov yoshlarga bilim olish, malaka oshirish va til oʻrganish borasida xalqaro tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Fabrika yosh mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarishga aloqador taqdimotlar va zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi. Sportning shashka, shaxmat va suzish turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etilib, tadbir soʻngida musobaqalar gʻoliblari va tadbirning barcha faol ishtirokchilari kasaba uyushmasining pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Ilxom Abdullaev, MBF Yoshlar ittifoqi raisi

Shodiyor Turanov, MBF Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoshlar boʻyicha komissiya raisi.

Bo`lishmoq:
Text to speech