• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

"Til - millat ko'zgusi''

21 Oktyabr 2022, 9:10 1580

“Metallurg” madaniyat saroyida Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan "Til - millat ko'zgusi'' mavzusida kitobxonlik kechasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda OKMK kutubxonasining mudirasi Muhayyo Artikova hamda OKMK axborot xizmati xodimi Oysara Dadayeva va IOBda faoliyat yuritib kelayotgan yosh, bilimdon, kitobxon ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.

O.Dadayeva o'z nutqida O'zbek tili tarixi, Davlat tili maqomini olish yo'lida amalga oshirilgan sa'yi -harakatlar to'g'risida ma`lumot berdi.

Bundan tashqari, M.Artikova kutubxonadagi eng sara kitoblar haqida so'zlab, yoshlarni kitob o'qishga chorladi.

Tadbir so'ngida yosh kitobxonlar o'z ijod na'munalaridan she'r, maqolalari bilan bo'lishib, o'zaro fikr almashdilar va an'analarga muvofiq o'zlarining sevimli kitoblarini bir-birlariga hadya etdilar.

Alisher Usmonov,

IOB  Yoshlar ittifoqi raisi

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu