Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ulug'bek - Eng yaxshi yosh payvandchi deya etirof etildi

29 May 2025, 8:11 906

Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasida Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligia korxona tarkibiy bo'linmalarida faoliyat yurituvchi yosh payvandchilar o'rtasida "Eng yaxshi yosh payvandchi-2025" kasb-mahorati tanlovi o'tkazildi.

Tanlovda boshqarma tarkibiy bo'linmalaridan 17 nafar yosh ishchi-xodimlar qatnashdilar.

Tanlovning nazariy bosqichida ishtirokchilar test savollariga javob berishdi. Amaliy bosqichda esa ular qo‘lda yoyli payvandlash usulida ishlash bo‘yicha o‘z amaliy ko‘nikmalarini ko‘rsatishdi.

Tanlov yakuniga ko'ra, 1 - o'rinni Ulug'bek Pirimqulov egallab, "Eng yaxshi yosh payvandchi" deya e'tirof etildi.

2-o'rin Javohirbek Abduqaxxorovga nasib etdi.

3-o'ringa Dostonbek Xusanov loyiq ko'rildi.

Tanlov g'oliblari ITIB rahbariyati, Kasaba uyushmasi qo'mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan qimmatbaho sovg'alar va maxsus diplom bilan taqdirlandilar.

B. Xasanov,

ITIB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech