Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 5-6 mart kunlari OKMK shaxmat klubida “Yoshlar spartakiadasi-2022” sport musobaqasi doirasida shaxmat bo‘yicha turnir tashkil etildi.
Turnirda kombinatning 22ta tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar g‘oliblik uchun o‘zaro dona surishdi.
Qiziqarli kechgan turnirda barchadan ko‘ra yaxshi dona surgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi ishchisi Umidjon Orziqulov g‘olib bo‘ldi.
Mis eritish zavodi sharafini himoya qilgan Rustam Ergashev ikkinchi o‘rinni egalladi.
Angren kon boshqarmasi vakili Ozod Qo‘chqorov faxrli uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Turnir g‘oliblari OKMK Yoshlar ittifoqi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan rag‘batlantirildi.
Inomjon Matmusayev,
OKMK Yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari