"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 3314-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2-Mis boyitish fabrikasida "Vatan himoyasi har bir yigit uchun sharaf" shiori ostida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda 99166-sonli harbiy qism askarlari oʻzlarining jangovar chiqishlari hamda qurol-yaroqlar koʻrgazmasini namoyish etishdi. Kinolog yordamida oʻrgatilgan itlarning topshiriqlarni bajarilishi koʻrsatildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan 2-Mis boyitish fabrikasi ishchi-xodimlari o‘rtasida "Bahodirlar oʻyini"o‘tkazildi.
Unda ishtirokchilar turli shartlarni bajarishdi. Sport o‘yinida 3-o‘rinni Maydalash bo‘limi ta'mirlovchi chilangari Nodir Toshpoʻlatov egalladi.
2-o‘rin Yanchish va Flotatsiya bo`limi elektrogazopayvandchisi Olim Mo‘minovga nasib etdi.
Musobaqa mutloq gʻolibligini Yanchish va Flotatsiya boʻlimi elektrogazopayvandchisi Baxtiyor Nurpo‘latov qo'lga kiritdi.
Gʻoliblar esdalik sovgʻ alari bilan taqdirlandi.
F.Qodiraliyev,
2-MBF yoshlar ittifoqi raisi